Kutubxonalarda Kitoblarni Dezinfeksiya Qiluvchi UV-C Asosidagi Qurilmaning Samaradorligini Baholash
Keywords:
UV-C dezinfeksiya, kutubxona gigiyenasi, mexatron qurilma, mog‘or zamburug‘lari, avtomatlashtirilgan tizim, chop etiladigan materiallar himoyasi, ilmiy tadqiqot, havo dezinfeksiyasi, kutubxona texnologiyalariAbstract
Ushbu maqolada kutubxona fondidagi bosma materiallarda uchraydigan mikroorganizmlarni yo‘q qilish maqsadida maxsus ishlab chiqilgan UV-C (254 nm) nurlanishiga asoslangan avtomatlashtirilgan qurilmaning samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqotda qurilmaning havodagi va kitob sirtlaridagi bakteriyalar hamda mog‘or zamburug‘lariga qarshi ta’siri o‘rganildi. Qurilma yopiq muhitda xavfsiz ishlaydi va inson sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Tajriba natijalari mikroorganizmlar sonining sezilarli darajada kamayishini ko‘rsatdi. Ushbu texnologiya kutubxonalarda sanitariya holatini yaxshilash va kutubxona materiallarini uzoq muddat saqlashga xizmat qiladi.


